
1979-yilning 11-avgusti… bilasiz bu muddatni. Qalblarimizni o’yib tashlagan kun… Shu kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk osmonida ro‘y bergan aviahalokatda 17 nafar paxtakorchi hayotdan ko‘z yumgan edi… “Pahtakor”ning o’sha yilgi avlodi samoga sochilib ketganidan keyin ko’pgina o’zbek futbol ishqibozlarning futbolga bo’lgan qiziqishi so’ngan… Xullas, o’shanda o’zbek futboliga qattiq zarba berilgan edi… «Paxtakor-79» fojiasi hech qachon qalbimizni tark etmaydi. 2014-yili marhum pahtakorchilarning halokatga uchraganiga 35 yil to’ladi…

“Paxtakor” futbol klubi rahbarlarining tashabbusi bilan Toshkentdagi Botkina qabristonida joylashgan “Paxtakor-79” memorial-xotira kompleksi butunlay qayta ta’mirlanmoqda. Mazkur loyihaga ko’ra, xotira majmuasi bu yil 11-avgust kuni ochilishi rejalashtirilgan. Shu kunlarda ta’mirlash ishlari jadal suratlar bilan olib borilyapti. “Paxtakor” futbol klubi rahbariyati mazkur loyihaga bir oz o’zgartirish kiritilishi mumkinligini inkor qilishmayapti… Ta’mirlash ishlariga o’zbekistonlik bir qator qo’li gul ustalar va quruvchilar jalb qilingan.
«Paxtakor-79» futbol jamoasi hech qachon qalbimizni tark etmaydi.

“Paxtakor-79” futbol jamoasi: Vladimir Fyodorov. Vladimir Chumakov, vrach. Olimjon Ashirov. Nikolay Kulikov. Shuhrat Ishbutayev. Mansur Tolibjonov, boshqaruvchi. Mixail An. Yuriy Zagumennix. Vladimir Makarov. Konstantin Bakanov. Sergey Pokatilov. Aleksandr Korchenov. Idgay Tazetdinov, murabbiy. Viktor Churkin. Ravil Agishev. Vladimir Sobirov. Sirojiddin Bozorov.
Mavlon Shukurzoda,
“Interfutbol” gazetasi kolumnisti.
Maxsus “Vatandosh” uchun.