“Vatandosh” jamiyati qoshida yangi, Amerikada ilk bor o’zbek-ingliz tillariga ixtisoslashtirilgan “BOLAJON” bolalar kunduzgi oromgohi ishga tushdi! Unda 5-15 yoshdagi bolalarning yozgi ta’tilni mazmunli o’tkazish rejalashtirilmoqda.
Yoz – 2014!
27-iyundan – 22-avgustgacha.
Oromgohda farzandlaringiz uchun:
· Haftada 4 marta olimpiada standartlariga mos suv havzasida suzish;
· Nonushta, tushlik (halol issiq ovqat), yengil tamaddi (snacks);
· Nyu-Yorkning diqqatga sazovor joylari, Markaziy bog’, Bronks hayvonot bog’i, Nyu-York akvarium va suv havzalari hamda boshqa mashhur joylarga sayohat;
· Gimnastika, futbol, basketbol, tennis, kamonbozlik, qilichbozlik, yoga, raqs, musiqa, san’at va boshqa havaskorlik to’garaklari;
· Transport.
Mashg’ulotlar o’zbek va ingliz tillarida yuqori malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Kam ta’minlangan oilalar farzandlari Nyu-York shahar dasturlari va davlat stipendiyalaridan ham foydalanishlari mumkin.
“Vatandosh” jamiyati a’zolari va birinchi bo’lib ro’yxatdan o’tgan 15 nafar bolaga $50 chegirma beriladi.
Aziz ota-onalar! Farzandlaringiz sarflayotgan vaqti uchun befarq bo’lmang, har soniya mazmunli o’tishiga o’z hissangizni qo’shing!
Ma’lumot uchun: 347-757-1211; farogat@vatandosh.org; info@vatandosh.org