Rasmiy e’lon! AQSh, Kanada va Amerika qit’asining boshqa davlatlaridagi O’zbekiston fuqarolari diqqatiga

Hurmatli O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari!

2019 yil 22-dekabr kuni O‘zbekistonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

O’zbekistonning barcha fuqarolari, shu jumladan AQSh, Kanadada va Amerika qit’asining boshqa davlatlarida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun bo‘lajak saylovlarda o‘z xohish-irodasini bildirishlari uchun teng sharoitlarni ta‘minlash maqsadida O’zbekistonning Vashingtondagi Elchixonsi qoshida 12- sonli saylov uchastkasi tuzildi hamda Orlando (Florida shtati), Atlanta (Jorjiya shtati) va Toronto (Kanada) shaharlarida muddatidan avval saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasining yangi Saylov kodeksiga muvofiq, Elchixona tomonidan mazkur saylovlarda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolarning saylovchilar ro‘yxatini tuzish boshlandi. Ushbu tadbir har bir O‘zbekiston fuqarosining saylov huquqiga rioya qilinishini ta’minlash, saylovlar kuni, joyi, vaqti to‘g‘risida saylovchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, bo‘lajak saylovlar bilan bog‘liq boshqa ma‘lumotlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.

Ushbu munosabat bilan bo‘lajak saylovlarda qatnashishuvchi saylovchilarning ro‘yxatini oldindan tuzish uchun Sizdan http://saylov.mfa.uz/ vebsahifasi orqali elektron murojaatingizni to‘ldirib, elektron tarzda taqdim qilishingizni yoki Elchixonaning consul.washington@mfa.uz va muminov.uzembassy@gmail.com yoki +1 (202) 2518298 Telegram raqamiga ilova qilingan savolnomaga muvofiq o‘zingiz hamda 18 yoshga to‘lgan va O‘zbekiston fuqarosi pasporti bilan hujjatlashtirilgan qarindoshlaringiz to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yuborishingizni so‘rayman.

Hurmat bilan,
Faxriddin Muminov,
O‘zbekiston Respublikasi AQSHdagi Elchixonasi konsuli.

Yuboriladigan ma’lumotlar:

Familiya, ism, ota ism
Tug‘ilgan kun, oy, yil
O‘zbekistondagi so‘nggi manzil
AQSh/Kanadadagi manzil
Aloqa uchun telefon raqami

Shuningdek, pasportning fotosurat bo‘lgan va doimiy ro‘yxat ko‘rsatilgan (agar mavjud bo’lsa) vаraqlar nusxasini ham yuborishingizni so‘raymiz.

2019 yil 22 dekabr kuni saylovlar o‘tkaziladigan saylov uchastkasining manzili (O‘zbekiston Respublikasi Vashington shahridagi Elchixonasi)ning manzili:
1746 Massachusetts Avenue, NW Washington DC 20036.
Tel: (202) 887-5300 (ext. 1)
Tel/telegram:(202)-2518298 (cellphone)
Fax: (202) 293-6804
Email: consul.washington@mfa.uz
Telegram: @ElchixonaUz 
Website: www.uzbekistan.org

2019 yil 13 dekabr kuni Orlando (Florida shtati) shahrida muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylov uchastkasining manzili:
5828 Hazeltine National dr Orlando, FL 32822 (SPRINGHILL SUITES BY MARRIOTT – meeting room), vaqti: soat 8:00 dan 20:00gacha; tashkilotchi: Dilmurod, тел:+1 (407) 398-3366.

2019 yil 15 dekabr kuni Atlanta (Jorjiya shtati) shahrida muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylov uchastkasining manzili:
3870 Miramont Overlook, Cumming, GA 30040 (Castleberry Heights Club House), vaqti: soat 8:00 dan 20:00gacha; Tashkilotchi: DJALALIDDIN XADJAYEV, тel/telegram: 404-9935703 (cellphone) – Email: j.hadjaev@gmail.com

2019 yil 15 dekabr kuni Toronto (Kanada) shahrida muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylov uchastkasining manzili:
1110 Finch Avenue West, Toronto, ON, M3J2T2 (TAJ RESTAURANT), vaqti: soat 8:00 dan 20:00gacha; Tashkilotchi: DJOVIDKHON BUZRUKOV.Tel/telegram: +1 416 558 7070 (cellphone) Email: Uzbcorporation@gmail.com