Elektr avtomobillar bozorida tarixiy lahza yuz berdi

Hertz Global Holdings Inc 100 000 ta Tesla elektromobillariga buyurtma berdi va ijaraga beriladigan avtomobillar parkini elektrlashtirishni faol ravishda davom ettirmoqda. Bitim qiymati 4,2 milliard dollarni tashkil etadi. Bu tarixdagi elektromobillarning eng yirik xarididir. Avtomobillar keyingi 14 oy ichida yetkazib beriladi.

Bloombergning ta’kidlashicha, Hertz Tesladan katta miqdorda ijara uchun sotib olinayotgan avtomobillar uchun kompaniyalar odatda taqdim qiladigan chegirma olmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, Tesla Model 3 ni noyabr oyining boshidan boshlab AQShning yirik bozorlari va Yevropaning ayrim qismlaridagi Hertz idoralaridan ijaraga olish mumkin. Mijozlar, albatta, Superchargers dan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shuningdek, Hertz elektr transport vositalarini quvvatlantirish uchun o’z infratuzilmasini yaratmoqda.

Buyurtma sababli Tesla aksiyalari narxi oshib ketdi.