Iqlim isishi tufayli Yaponiya guruchlari mazaliroq bo’lib pishmoqda

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Taro Aso mamlakatning eng shimoliy Xokkaydo orolidagi guruchlar “global iqlim isishi tufayli mazali bo’lib ketganini” aytdi. Bu iqlim targ’ibotchilarining noroziligiga sabab bo’lishi mumkin.

“Odamlar ko’pincha iqlimning isishini salbiy voqealar bilan bog’lashadi, ammo “yaxshi narsalar ham” bor, – dedi yaqin vaqtgacha qariyb to’qqiz yil davomida moliya vaziri bo’lib ishlagan 81 yoshli siyosatchi. Bu haqida u Xokkaydoning Otaru shahrida umumiy saylovda ishtirok etayotgan nomzod haqida so’zlagan nutqida aytib o’tdi.

Amaldagi hukmron partiya vitse-prezidenti Asoning aytishicha, Xokkaydoda avval guruch sotilmagan, ammo hozir “yuqori harorat tufayli” ushbu o’simlik yanada mazali bo’lib qolgan va hatto eksport qilinmoqda.

2008-2009 yillarda bosh vazir bo’lgan Aso ko’pincha bahsli nutqlari va bayonotlari uchun tanqid ostiga olingan.