Kanada qirg’oqlarida yonayotgan konteyner tankeridan zaharli gaz sizib chiqdi

Kanada qirg‘oq qo‘riqlash xizmati o‘t o‘chiruvchilarni Kanadaning Tinch okeani sohillari yaqinida shanba kunidan beri yonayotgan va zaharli gaz chiqarayotgan Kipr konteyner tankeriga yubordi.

Yong’inni o’chirish uchun dam olish kunlari bir nechta kemalarni yig’ib olgach, Kanada Sohil Xavfsizlik xizmati Twitter orqali Zem Kingston bortidagi yong’in nazorat ostiga olinganini aytdi.

Sohil xavfsizlik xizmati dushanba kuni kuchli bo’ron e’lon qilingan bir paytda, “Ertaga (dushanba) ob-havo sharoitiga qarab, xavfli materiallarga ixtisoslashgan o’t o’chiruvchilar davom etayotgan yong’inlarga qarshi kurashish va ularni o’chirishni ta’minlash uchun kemaga chiqishadi”, deb qo’shimcha qildi.

Kiprning Danaus kompaniyasiga tegishli tanker bortida bo’lgan 16 ekipaj a’zosi evakuatsiya qilingan. Besh dengizchi, shu jumladan, kapitan kemada qolgan.

Yong‘indan chiqqan kimyoviy tutun haqida xavotirlar kuchaygan. “Konteyner kemasida mavjud bo’lgan kimyoviy moddalarning tabiatini inobatga olgan holda, olovga to’g’ridan-to’g’ri suv purkash mumkin emas”, deb tushuntirdi Kanada qirg’oq qo’riqlash xizmati.