Qozog’iston afg’on ayollariga tranzit yo’lagidan foydalanish imkonini beradi

Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida e’lon qilingan.

E’londa aytilishicha, Qozog’iston Respublikasining insonparvarlik sohasidagi xalqaro majburiyatlaridan kelib chiqqan holda, mamlakat rahbari Qosim-Jo’mart To’qayev tomonidan sudya va parlament a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatgan afg’on ayollari va ularning oila a’zolariga tranzit yo’lagini taqdim etishga qaror berilgan.

Tranzit xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda Olmaota shahri aeroportida uchinchi davlatlarga parvoz maqsadida amalga oshiriladi.