Saidjamshid Jafarov bugungi bahslarga chiroyli yakun yasadi

Osiyo chempioni Saidjamshid Jafarov (-75 kg) boks bo’yicha o’tkazilayotgan jahon chempionatida hamyurtlarimizning bugungi ishtirokiga chiroyli nuqta qo’ydi.

Yaponiyalik Yuito Marivakiga qarshi bahs olib borgan yosh vakilimiz muxlislarga ajoyib boks namoyish etdi. Uning harakatlarini hakamlar ham yuqori ball bilan baholadi va Saidjamshid yaqqol ustunlik bilan g’alaba qozondi.

Shu tariqa, bugun jang qilgan barcha bokschilarimiz keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etishdi.