Turkiya va AQSh mudofaa vazirlari mudofaa va xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.

Turkiya Mudofaa vazirligi bayonotida, “Akar va Ostinning suhbatida, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va amerikalik hamkasbi Jo Biden o’rtasidagi uchrashuv oldidan ijobiy kun tartibini belgilash yo’lidagi qadamlarga e’tibor qaratildi”, dedi.

Erdo‘g‘on chorshanba kuni Bayden bilan Shotlandiyaning Glazgo shahrida uchrashishini ma’lum qildi.

Glazgoda 31-oktabrdan 12-noyabrgacha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konventsiyasi ishtirokchilari konferensiyasining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.