Turkmanistonda 210 kvadrat metrli ulkan gilam to’qiladi

turkmenistan.gov.tm saytining habar berishicha,Turkmanistonda mamlakatning Tarafsizlik kuniga bag’ishlab 210 kvadrat metrli gilam to’qiladi.

Mazkur antiqa gilam Bolqon viloyatining Serdar badiiy hunarmandchilik fabrikasi to’quvchi ayollarining qo’l mehnati bilan to’qiladi.

‘Turkmenhali’ Davlat tashkiloti mutahassisi Og’ulmaral Amanjayevaning aytishicha, ulkan gilamga Ahal viloyatiga hos bo’lgan milliy turkman naqshlari tasviri tushiriladi, gilamning o’zi esa ‘Turkmanning oq uyi’ majmuasining oq o’tovlaridan birini bezaydi.

Tahminan 80 yil avval Turkmanistonda to’qilgan 301 kvadrat metrli gilam Ginnesning Rekordlar kitobiga dunyoning qo’l mehnati bilan to’qilgan eng ulkan gilami sifatida ro’yhatga olingan edi.