Xalqaro talabalar uchun NASA LPI yozgi amaliyot dasturi

Amerika Qo’shma Shtatlarida joylashgan NASA LPI (Oy va sayyoralar instituti) yozgi amaliyot dasturi uchun ariza yuborishga taklif qiladi. Dunyo bo’ylab barcha xalqaro talabalar ushbu dasturda qatnashish uchun ariza topshirishlari mumkin. LPI yozgi amaliyoti Amerika Qo’shma Shtatlarining Xyuston shahrida o’tkaziladigan to’liq moliyalashtirilgan dasturdir.

NASA LPI dasturining davomiyligi 2022 yil 6 iyundan 2022 yil 12 avgustgacha bo’lib, 10 hafta muddatni o’z ichiga oladi. Ushbu amaliyot dasturiga ariza topshirish uchun IELTS yoki TOFEL natijalari talab qilinmaydi. Ingliz tilini bilish sertifikatlari bilan murojaat qilishingiz mumkin.

LPI bakalavriat talabalari uchun eng yaxshi amaliyot dasturlaridan biri hisoblanadi. Ariza toʻlovi mavjud emas. Ariza beruvchilar irqi, rangi, millati, yoshi yoki boshqa jihatlaridan qat’i nazar dasturda qatnashish uchun bir xil huquqqa ega.

NASA LPI yozgi amaliyot dasturi tafsilotlari

Institut: NASA LPI (Oy va sayyoralar) Instituti;

Amaliyot davomiyligi:  2022 yil 6 iyun-12 avgust (10 hafta);

Grant miqdori: o’qish va yashash xarajatlari to’liq qoplanadi;

Kim uchun: xalqaro talabalar uchun;

Grant taqdim etayotgan mamlakat: AQSH, Xyuston;

Hujjatlarni topshirish uchun oxirgi muddat: 2021 yil 13 dekabr.