Yaponiya kasalxonasi 30 yil davomida hojatxona suvidan foydalanib kelgan

Osaka universiteti tibbiyot kolleji kasalxonasi 30 yildan ortiq vaqt mobaynida ichimlik suvi o’rniga yaroqsiz hojatxona suvidan foydalanib kelgan.

Diagnostika va davolash binosida suv qudug’i xatolik bilan hech qanday tozalashdan o’tmaydigan va hojatxonani yuvish uchun mo’ljallangan suv manbasiga ulab qo’yilgan.

Kasalxona 1993 yilda qurilgan. Ushbu xato uchta o’n yillik davomida sezilmagan. Bu davrda xodimlar va bemorlar ichimlik, qo’l yuvish va cho’milish uchun ishlov berilmagan hojatxona suvidan foydalanganlar. Kasalxonada suvdan foydalanish uchun 120 ta jo’mrak mavjud bo’lgan.

Ushbu ko’ngilsiz hodisa yangi davolash-diagnostika binosi qurilishidan oldin o’tkazilgan tekshiruv vaqtida aniqlangan. Xabar qilinishicha, endilikda shifoxona haftada bir marta suvning rangi, ta’mi va hidini tekshirmoqda. 2014 yil aprel oyidan beri suv sifati bilan bog’liq muammolar yoki bemorlarning sog’lig’iga bo’lgan tahdidlar haqida xabarlar mavjud emas.

Mas’ul amaldor yo’l qo’yilgan kamchilik uchun omma oldida uzr so’radi.