YeTTB uran konlarini tiklash uchun O’zbekistonga 2 million yevro ajratadi

Tegishli kelishuvni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Yadro xavfsizligi departamenti direktori Baltazar Lindauer va O’zbekiston Davlat ekologiya qo’mitasi raisi o’rinbosari Islombek Boqijonov imzoladi.

“Atrof-muhitni qayta tiklash tashkiloti o’z faoliyatini kengaytirmoqda va u Fond hamda hukumat o’rtasida ikki million yevro miqdoridagi grant shartnomasi imzolanganidan so’ng O’zbekistonda ish boshlaydi va birinchi loyihalarga tayyorgarlik boshlanadi”, – deyiladi xabarda.

Loyiha Toshkent viloyatining Yangiobod shahri va respublika sharqidagi Namangan viloyatining Chorkesar qishlog’idagi sobiq uran konlari hududini qayta tiklash va rekultivatsiya qilishni nazarda tutadi. Ular Sovet Ittifoqi davrida faoliyat ko’rsatgan va o’tgan asrning 90-yillari boshlarida yopib tashlangan.