Yil oxirigacha dunyo aholisining 40 foizigacha qismi koronavirusga qarshi to‘liq emlanishi mumkin

Joriy yilning 30-31 oktyabr kunlari Italiya davlatining poytaxti — Rim shahrida Katta yigirmatalikka (G20) kiruvchi mamlakatlarning onlayn sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu global ahamiyatga ega tadbirda ayni paytda dunyoda koronavirusning yangi to‘lqini avj olishi bilan bog‘liq vaziyat ham muhokama etilishi ko‘zda tutilyapti.

Xususan, rasmiy manbalarning xabar berishicha, mazkur sammitda shu yil oxirigacha dunyo aholisining 40 foizigacha, kelasi yil yakunigacha esa kamida 70 foizini emlashga doir maqsadli rejalar qabul qilinishi nazarda tutilgan.