Antarktidaga yuqori tezlikdagi internet yetib keladi

Antarktidadagi Amerikaning “Mak-Merdo” ilmiy stansiyasiga qadar yuqori tezlikdagi internet tortib kelishmoqchi. Internet tarmog`ini yotqizish imkoniyati AQSh Milliy sanitariya jamg`armasi tomonidan o`rganilmoqda.

Stansiya har yili oktyabr oyidan fevral oyiga qadar ming nafarga yaqin tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi. Olimlar u yerda iqlim o`zgarishini o`rganishdan tortib okean haqidagi fanlargacha bo`lgan mavzularda tadqiqot olib boradilar.

Ammo Antarktidani tadqiq qilishdagi markaziy roliga qaramay, Mak-Merdo yuqori tezlikdagi internetga ega emas. Internet butun qit’ada mavjud emas.

Jamg`arma Antarktidadan qo`shni Yangi Zelandiya yoki Avstraliyaga qadar dengiz tubi bo`ylab yotqiziladigan optik tolali kabel trayektoriyasini ishlab chiqish imkoniyatini jiddiy o`rgana boshladi. Bu g`oya birinchi marta o`n yil oldin ilgari surilgan, ammo boshqa loyihalar ustuvor bo`lganligi sababli u muhimlik darajasini yo`qotgan edi.

Agar Antarktida internetini modernizatsiya qilish bo`yicha ushbu urinish muvaffaqiyatli amalga oshsa, internet olimlarning qit’adagi tadqiqotlarini ham, kundalik hayotini ham o`zgartirishi aniq.

Janubiy okeandagi harorat va bosim kuzatuvlarini doimiy ravishda ta’minlash uchun kabelga sensorlar o`natilishi mumkin.

Tadqiqot imkoniyatlaridan tashqari, yuqori tezlikdagi internet stansiyaga tashrif buyuruvchilarga o`z oilalari, Antarktidadan tashqaridagi hamkasblari va do`stlari bilan bog`lanishni osonlashtiradi.