Atom Bank ish haqini kamaytirmasdan to`rt kunlik ish haftasini joriy qildi

Atom Bank onlayn-banki o`zining 430 nafar xodimlari uchun maoshlarini kamaytirmagan holda to`rt kunlik ish haftasini joriy qildi.

Xodimlar endi to`rt kun davomida 34 soat ishlaydilar va dushanba yoki juma kunlari dam olishadi. Ilgari ular butun hafta davomida 37,5 soat ishlagan.

Bank boshqaruvchisi Mark Myullen BBCga bu ishni pandemiya sababli qilganini va 4 kunli ish haftasi xodimlar farovonligini yaxshilash va ularni saqlab qolishga yordam berishini aytdi.

2014 yildan beri Durhamda joylashgan bankni boshqarib kelayotgan janob Myullen “Koviddan oldingi odatiy kun tartibiga ko`ra, siz ish joyingizga borishingiz, kun bo`yi stol oldida o`tirishingiz va uyga qaytganingizda ham bu jarayonni takrorlashingiz kerak edi” dedi. “Kovid bizga bu narsa kerak emasligini ko`rsatdi … Menimcha, dushanbadan jumagacha soat 5 dan 9 gacha ishlash juda eskirgan ish usuli”.

Islandiyadagi davlat sektori xodimlari o`rtasida yaqinda o`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, to`rt kunlik ish haftasi sinovlari “juda muvaffaqiyatli” bo`lib, stress va charchashni kamaytirishga yordam berganligi aniqlandi.

Microsoft Japan kompaniyasi xodimlari 2019-yilda to`liq ish haqi evaziga haftada to`rt kun ishlaganlarida savdolar qariyb 40 foizga oshgani qayd etilgan edi.