Bezos Obama fondiga 100 million dollar xayriya qildi

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama jamg’armasi Amazon asoschisi Jeff Bezosdan 100 million dollar xayriya olganini e’lon qildi va bu jamg’arma qabul qilgan eng yirik bir martalik xayriya ekanligini ta’kidladi.

“Bezosning ehsoni oʻtgan yili vafot etgan kongressmen va fuqarolik huquqlari himoyachisi Jon Lyuis sharafiga qilingan”, — deyiladi Obama jamgʻarmasi bayonotida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Bezos Obama prezidentlik markazidagi hozirda Chikagoning janubiy tomonida qurilayotgan maydonga Lyuis nomini berishni so‘ragan.

Obama loyihasini qurish va 2025 yilgacha yakunlash uchun qariyb 830 million dollar sarflanishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, jamg‘arma donorlarga kutilayotgan Prezident markazidagi jamoat joylariga ularning ismlarini qo‘yish orqali yana adolatli va teng dunyo uchun kurashganlarning nomlarini abadiylashtirish imkoniyatini berishini ta’kidladi.

Nyu-York universiteti tibbiyot markazi ham Bezos va uning oilasidan 166 million dollarlik sovg’a olganini e’lon qildi.

Bu yil Amazon bosh direktori lavozimidan ketganidan beri Bezos ko’proq xayriya ishlariga e’tibor qarata boshladi.

Forbes ma’lumotlariga ko’ra shaxsiy boyligi 212 milliard dollarga baholangan Bezos ko’pincha kamtarona xayriya ishlari uchun tanqid qilinadi.