Dunyoning eng yaxshi bokschisi mutlaq jahon chempioniga aylandi

Dunyoning eng yaxshi bokschisi sifatida tan olingan meksikalik bokschi Saul Alvares amerikalik Kaleb Plantni mag‘lub etdi. Natijalar bilan BoxingNews24 da tanishishingiz mumkin.

Jang Amerikaning Las-Vegas shahrida MGM Grand arenasida boks shousi doirasida bo‘lib o‘tdi. Alvares 11-raundda raqibini nokautga uchratdi va supero‘rta vazn tarixidagi ilk mutlaq jahon chempioniga aylandi. U Butunjahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Butunjahon boks tashkiloti (WBO) unvonlarini himoya qildi va 76,2 kilogramm vazn toifasida Plantga tegishli IBF kamarini qo‘lga kiritdi.

Shu yilning may oyida meksikalik sakkizinchi raundda britaniyalik Billi Jo Sondersni texnik nokautga uchratgan edi. Keyin u WBC, WBA Super chempionlik unvonlarini himoya qildi va WBO chempionligini qo‘lga kiritdi.

Alvares hozirda dunyoning eng yaxshi bokschisi hisoblanadi. U Boxrec statistik portali reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi va The Athletic nashri bo‘yicha ham eng yaxshi deb topildi.

Meksikalik birgina mag‘lubiyat bilan 57 ta g‘alabaga egalik qiladi. Shuningdek, uning ishtirokidagi ikkita jang durang bilan yakunlangan.