Jahon chempionati sambochilarimiz uchun sermahsul bo`lmoqda

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida o`tayotgan sambo bo`yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ushbu kun doirasida hamyurtlarimiz 5 ta medalga sazovor bo`lishdi. Bahodir Bakiyev (jangovor sambo, -58 kg) va Ixtiyor Eshmurodov (-88 kg) oltin medalni qo`lga kiritgan bo`lsa, Sarbon Ernazarov (-71 kg), Ulug`bek Rahmonov (-79 kg), Oybek Soliyev (jangovor sambo, -64 kg) kumush medal bilan taqdirlanishdi.