“MegaFon” kompaniyasining rahbariyati bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

2021 yil 24 noyabr kuni Raqamli rivojlanish departamentining xodimlari Toshkent shahar hokimining Axborot texnologiyalarini joriy etish bo`yicha o`rinbosari Sardor Abdullayev boshchiligida “MegaFon” JAJ kompaniyasining rahbariyati bilan uchrashdilar. Rossiya tomonidan milliy parametrlar bo`yicha direktor Ruslan Gaboyev, tarmoq yechimlarini sotish bo`yicha direktor Olga Maslova, mahsulot va tarmoq yechimlari bo`yicha direktor Vasiliy Leshyenko, tarmoq yechimlarini sotishni qo`llab-quvvatlash bo`yicha direktor Kirill Yegoshin va kompaniyaning boshqa rahbarlari ishtirok etdilar.

Mehmonlarni Vaziyatlar markazi ishini tashkillashtirish masalasi, turli maʼlumotlar bazalarini birlashtirish parametrlari, qutqaruv xizmati (112 xizmatiga o`xshash) bilan integratsiya qilish imkoniyatlari hamda fuqarolar va yo`l harakatining xavfsizligini taʼminlashda turli idoralarning majburiyatlarini taqsimlash masalalari qiziqtirdi.

Taraflar yo`l harakatini boshqarish masalasini, boshqariladigan chorrahalardagi muammolar va ularning turli yechimlarini atroflicha muhokama qildilar.

Vakillarni ekologiya va yashil hududlar, energiyani sarflash va kadastr xizmati, yo`llardagi chuqur va lyuklarning video kuzatuvi va fiksatsiyasi hamda shahar hayotining boshqa ko`rsatkichlari kabi maʼlumotlarni turli yo`nalishda axborotlashtirish yagona tizimiga integratsiya qilish masalalari qiziqtirdi.

Mehmonlar ularni qiziqtirgan savollarga to`liq javob oldilar. Hokimlik faoliyati tarmoq vazirliklari, qo`mita va idoralari tomonidan cheklanadigan vaziyatlarning birgalikdagi yechimi uchun turli sohalarga axborot texnologiyalarini joriy qilish imkoniyatini ko`rib chiqish bo`yicha ishchi guruhlar tashkil qilinadi.