Pentagon noma’lum uchuvchi jismlarni oʻrganuvchi idora tashkil qildi

Pentagon AQSH armiyasining turli boʻlimlari tomonidan kuzatilayotgan nomaʼlum uchuvchi jismlar haqidagi maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish boʻyicha idora tashkil etilishini eʼlon qildi.

AQSh Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, “Uchib yuruvchi ob’ektlarni aniqlash va boshqarish bo’yicha sinxronlash guruhi” (AUIMSG) 2020-yil avgust oyida tashkil etilgan va AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga boʻysunuvchi “Noma’lum uchuvchi jismlar boʻyicha ishlovchi guruh” o’rnini egallaydi.

Idora Mudofaa vazirining razvedka va xavfsizlik masalalari bo’yicha o’rinbosari zimmasiga yuklangan.

Yangi idoraning hali tayinlanmagan navbatdagi direktori harbiy va AQSh razvedka xizmatlaridagi turli bo’limlarda ushbu sohadagi faoliyatni muvofiqlashtiradi.

O‘tgan yili Pentagon AQSh harbiy-dengiz kuchlari uchuvchilari tomonidan 2004-yilning noyabrida, ikkinchisi 2015-yilning yanvarida olingan uchta videoni e’lon qildi, unda AQSh harbiy samolyotlari parvoz paytida noma’lum uchuvchi jismlarga duch kelgani aks ettirilgan.