Qo’shma Shtatlar o’z fuqarolariga Afrikaning 8 davlatiga sayohat qilmaslikni tavsiya qiladi

Oq uy Korona virusining “Omikron” shtammiga qarshi yangi sayohat cheklovlarini e’lon qilganidan so’ng, AQSh hukumati o’z fuqarolariga Afrika janubidagi 8 mamlakatga sayohat qilmaslikni tavsiya qildi.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari Janubiy Afrika, Zimbabve, Namibiya, Mozambik, Malavi, Lesoto, Esvatini va Botsvana uchun sayohat bo’yicha tavsiyalarini to’rtinchi daraja: juda yuqoriga ko’tardi.

Ayni paytda AQSh Davlat departamenti parallel ravishda “sayohat qilmang” ko’rsatmalarini e’lon qildi.

Dushanba kuni CDC Janubiy Afrikaga sayohat haqidagi ogohlantirishni birinchi daraja: pastga tushirgan edi.