Qo’shma Shtatlar Yaponiyani mudofaa qilishini taʼkidladi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Xayashining aytishicha, amerikalik hamkasbi Entoni Blinken uni AQShning Yaponiyani, jumladan, Xitoy daʼvo qilayotgan janubiy orollarni himoya qilish majburiyati qatʼiy ekanligiga ishontirdi.

Xayashi jurnalistlarga shanba kuni amerikalik hamkasbi bilan birinchi telefon suhbatida Tayvan bo’g’ozida tinchlik va barqarorlik muhimligi ta’kidlanganini aytdi.

Tomonlar, shuningdek, Yaponiya-AQSh ittifoqiga sodiqliklarini va xavfsizlik shartnomasi Xitoy tomoni da’vo qilayotgan Senkaku orollariga ham taalluqliligini tasdiqladilar.

Avvalroq Yaponiya mudofaa vazirligi Okinava prefekturasida birinchi marta Yaponiya va AQSh harbiy-havo kuchlarining qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Juma kuni Yaponiya ommaviy axborot vositalari Tokio va Vashington o’tgan seshanba kuni Ishigaki va Miyako orollari shimolida havo va dengiz orqali qo’shma mashg’ulotlar o’tkazganini xabar qilishdi.