Saudiya Arabistoni Afg`oniston bo`yicha IHTning navbatdan tashqari yig`ilishini chaqirmoqchi

Dushanba kuni Saudiya Arabistoni Islom hamkorlik tashkilotini (IHT) Afg`onistondagi gumanitar vaziyatni muhokama qilish uchun navbatdan tashqari yig`ilish o`tkazishga chaqirdi.

“Saudiya Arabistoni Afg`onistondagi gumanitar vaziyatni muhokama qilish uchun IHT vazirlarining navbatdan tashqari yig`ilishini o`tkazishni rejalashtirmoqda”, – deb xabar berdi qirollikning rasmiy axborot agentligi SPA.

Uning ogohlantirishicha, qish yaqinlashar ekan, millionlab afg`onlar yetarli boshpana, oziq-ovqat va dori-darmon olishda yordamga muhtoj bo`ladi.

Qirollik yozda Tolibon hokimiyat tepasiga kelishi ortidan Afg`oniston iqtisodiy tanazzulga yuz tutsa, bu mintaqaviy va xalqaro tinchlik va barqarorlikka putur yetkazishi haqida ogohlantirdi.