Shimoliy Koreyada maktab o`quvchilari qamoqqa olindi

Shimoliy Koreyada yetti nafar maktab o`quvchilari “Kalmar o`yini” serialini sotib olgani uchun qamoq jazosiga hukm qilinishdi. Uni sotganni kontrabandachi esa qatl etildi.

Xabarga ko`ra, serialni mamlakatga olib kirgan erkak yetti nafar o`rta maktab o`quvchilarining qo`lga olinishi tufayli topilgan. Ular serial nusxasini sotgan kontrabandachini o`zlari ko`rsatib berdilar. Tashqi xotirani sotib olgan maktab o`quvchisi umrbod qamoq jazosiga, qolganlari esa besh yillik og`ir mehnatga hukm qilindilar.

“Radio Free Asia” radiosining huquq-tartibot idoralaridagi manbasining qayd etishicha, “Kalmar o`yini” uchun chiqarilgan hukm Shimoliy Koreyada 2021-yil yanvar oyida “Reaksion fikr va madaniyatni yo`q qilish to`g`risida”gi qonun qabul qilinganidan beri birinchi marta ijro etilgan. Unda kapitalistik mamlakatlar – Janubiy Koreya va AQShdan filmlar yoki kitoblarni olib kirish, ularni tarqatish, tomosha qilish yoki saqlash uchun otib tashlash jazosi nazarda tutilgan.

Maktab o`quvchilari qo`lga olinganidan so`ng mahalliy bozorlarda tintuv o`tkazilib, boshqa flesh-disklar, SD-xotira kartalari yoki taqiqlangan kontentga ega axborot tashish manbalari qidirildi.

Rasmiylar ishni oxiriga yetishga va serialni mamlakatga olib kirishning butun zanjirini “ochishga” harakat qilishmoqda. Shuningdek, ular kontrabandachi qanday qilib koronavirus tufayli yopilgan chegaralar orqali mamlakatni tark etib, yana mamlakatga qayta kirishga muvaffaq bo`lganini aniqlashmoqchi.