Shvesiyaning ilk ayol bosh vaziri o`z mansabidan 7 soat o`tgach voz kechdi

CNN nashrining xabar berishicha, Shvesiya tarixidagi ilk ayol bosh vazir Magdalena Andersson lavozimga saylanganidan 7 soat o`tgach, istefo berdi.

Bosh vazirning istefosiga mamlakat parlamentining davlat byudjeti loyihasini qabul qilmaganligi sabab bo`ldi. “Men qonuniyligiga zarracga shubha mavjud bo`lgan hukumatni boshqarishni istamayman”, – deb tushuntirgan u.

Magdalena Anderssonning nomzodi o`tgan chorshanba kuni Shvesiya hukumati tomonidan tasdiqlangan edi. U bundan avval Halqaro valyuta va moliya qo`mitasini boshqarib, bu sohada ham ilk rahbar ayol bo`lgan edi.