Tarixiy topilma Luvrda namoyish qilinadi

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish Jamg’armasining Telegram kanalida aytilishicha, ayni kunlarda Samarqandda joylashgan Kofirqala shaharchasidan topilgan hamda yong’inda qolgan o’yma pannoni qayta tiklashning tarkibiy qismi yakunlandi.

Ushbu qadimiy topilma Luvr muzeyida bo’lib o’tadigan O’zbekiston ko’rgazmasining eksponatlaridan biridir. Qayta tiklash ishlarini amalga oshirish maqsadida Jamg’arma tomonidan Luvr muzeyi mutaxassisi – Delfin Eli Lefevre jalb qilindi.

Qayta tiklash jarayoni 4 bosqichdan iborat bo’lib, uning davomida pannoning barcha qismlari, arka va boshqa tarkibiy elementlari batafsil chizib chiqildi. Kofirqaladan topilgan noyob o’yma pannoni saqlash hamda qayta tiklash jarayoni, So’g’d tasviriy san’ati namunasi bo’lgan ushbu yodgorlikni saqlab qolish, unda tasvirlangan qismlarni o’rganish, VII – VIII asrlarda yashagan Samarqand hukmdorlarining shahardan tashqaridagi qarorgohi tantanalar o’tkaziladigan xonasi me’moriy bezaklarini grafika yordamida qayta tiklash imkonini berdi.