Tolibon Yaponiyani Kobuldagi elchixonasini qayta ochishga chaqirmoqda

Tolibon hukumati Yaponiya rasmiylarini Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi elchixonasini qayta ochishga chaqirdi.

“Tolibon” hukumatidagi Bosh vazir o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar Afg‘oniston poytaxtida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yaponiya elchisi Takashi Okadani mamlakatining Kobuldagi elchixonasini qayta ochishga chaqirdi.

Yaponiya Qobuldagi elchixonasini 15 avgustda, ya’ni Qo’shma Shtatlar o’z kuchlarini olib chiqishga tayyorgarlik ko’rayotgan paytda Tolibon mamlakat ustidan nazoratni qo’lga kiritgan kuni vaqtincha yopdi.

Yaponiya Afg’onistondagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qildi va ikki davlat o’rtasidagi diplomatik operatsiyalarni Qatar poytaxti Dohaga ko’chirdi.

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining yuqori martabali mulozimining aytishicha, hukumat elchixona faoliyatini faqat mahalliy xodimlar ishtirokida qayta tiklash variantini oʻrganmoqda, ammo qayta tiklash vaqtini boshqa davlatlar bilan muvofiqlashtirish zarurligigni aytmoqda.