Yangi Zelandiyalik siyosatchi ayol tug’ish uchun kasalxonaga velosipedda bordi

Yangi Zelandiya o‘zining kamtarin va pragmatik siyosatchilari bilan mashhur.

Yakshanba kuni ertalab parlament a’zosi Juli Enn Ginterni toʻlgʻoq tutib qoldi, u kasalxonaga velosipedda borib, u yerda qiz tug’di.

Bir necha soat o’tgach, Ginter o’zining Facebook sahifasida shunday dedi: “Yaxshi xabar… soat 3:04 da biz oilamizning yangi a’zosini kutib oldik”.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, Yashillar partiyasi aʼzosi Ginter 2018 yilda birinchi farzandini ham dunyoga keltirish uchun kasalxonaga velosipedda borgan.

Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern Yangi Zelandiya tarixida tug‘ruq ta’tiliga chiqqan birinchi bosh vazir bo‘ldi. U Pokistonning marhum Bosh vaziri Benazir Bxuttodan keyin mansabida paytida tug‘ruq ta’tiliga chiqqan 2-ayol bo‘ldi. oylik qizi u bilan. U BMT yig’ilishiga ham 3 yoshli bolasini koʻtarib borgan.