Yaponiya o’smirlar va bolalar uchun rag’bat puli beradi

Yaponiya koronavirusga qarshi rag’batlantirish paketi doirasida 18 yosh va undan kichik har bir bolaga 100 000 iyen (886 dollar) naqd pul va vaucher berish rejasidan yuqori daromadli oilalarni chiqarib tashlashga rozi bo’ldi.

Yaponiya bosh vaziri, LDP rahbari Fumio Kishida va LDPning kichik hamkori Komeito rahbari Natsu Yamaguchi yillik daromadni 9,6 million iyenaga cheklashga kelishib oldilar.

Hukumat kelgusi haftaga qadar koronavirus pandemiyasidan jabrlanganlar uchun 30 trillion iyen (264,5 milliard dollar) dan ortiq rag’batlantirish paketini joriy etishni va yil davomida qo’shimcha byudjet orqali moliyalashtirishni maqsad qilgan.