Yevropada ilk haydovchisiz avtobuslar paydo bo`ladi

Fransiyaning EasyMile startapi avtonom ravishda boshqariladigan avtobusni ishlab chiqdi. Rejaga ko`ra u Yevropadagi birinchi haydovchisiz transport vositasiga aylandi. YEZ10 shartli nomi bilan ataladigan ushbu avtobus yaqin kunlarda Fransiya yo`llarida qatnashni boshlaydi.

EasyMile o`z avtobusini dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida, jumladan, Singapur, AQSH, Finlandiya va Avstraliyada tajribadan o`tkazgan. Qatnovga chiqarilishi rejalashtirilayotgan har bir transport vositasi masofadan turib, operator tomonidan boshqariladi.

YEZ10 avtobusi 15 nafar yo`lovchilarga mo`ljallangan. 

EasyMile yaqinda transportga quyosh panelini integratsiya qilish uchun nemis startapi Sono Motors bilan hamkorlik qilishni boshladi. Panellar avtobusning uzoqroq harakat qilishiga yordam beradi.