Amerikalik yozuvchi Elis Sebold uni zo’rlaganlikda ayblagan va 16 yilga qamalgan erkakdan kechirim so’radi

Amerikalik yozuvchi Elis Sebold uni zo’rlaganlikda nohaq ayblagan 16 yil qamoqda oʻtirgan erkakdan kechirim so’radi. Erkak o’tgan hafta nihoyat oqlandi.

61 yoshli Entoni Brodvoter 1982 yilda Seboldni zo’rlaganlikda ayblanib, 16 yilni panjara ortida o’tkazdi va 1998 yilda qamoqdan ozod qilingan.

1999 yilda nashr etilgan “Omadli” xotira kitobida Siebold 1981 yilda Nyu-York shtatidagi o’zi o’qigan Sirakuz universiteti kampusida zo’rlanganini va hujum haqida politsiyaga xabar berganini aytadi.

Besh oy o’tgach, Elis uni ko’chada ketayotganini ko’rib, uni aybdor deb o’ylab, politsiyaga xabar berganidan keyin Brodvoter hibsga olingan.

“Ayniqsa, siz yashashingiz mumkin bo’lgan hayotingiz sizdan nohaq o’g’irlanganidan afsusdaman va mening kechirim so’rashishim siz bilan sodir bo’lgan voqeani o’zgartira olmasligini bilaman”, deb qo’shimcha qildi Sebold.

“Men Brodvooterning oqlanganidan minnatdorman, ammo gap shundaki, 40 yil oldin bizning noto’g’ri adolat tizimimizdan yana bir qora tanli yigit zarar ko’rgan”, dedi u.

Nyu-York shtati Oliy sudi 23 noyabr kuni Entoni Brodvaterni oqladi.

New York Times gazetasiga ko’ra, uning so’nggi yillarda aybsizligini isbotlash uchun ishlagan advokatlari, hukm faqat Seboldning Broadwater hujumchi ekanligini aytganiga asoslanganligini aytishdi.