AQSh hukumati o’z hududidagi afg’on qochqinlariga yordam berish uchun 7 milliard dollar ajratadi

Oq Uy prezident Jo Bayden juma kuni federal moliyalashtirishni 2022-yil 18-fevralgacha uzaytirish, shuningdek, afg‘on qochqinlariga yordam berish uchun 7 milliard dollar ajratishni nazarda tutuvchi qonunni imzolaganini e’lon qildi.

Oq Uy bayonotida aytilishicha, Bayden federal hukumatning 2022-moliya yili uchun (1-oktabrda boshlangan) loyihalari va faoliyatini 2022-yil 18-fevralgacha davom ettirish uchun moliyalashtirishni, shu jumladan, Afg’onistondan evakuatsiya qilinganlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni nazarda tutuvchi qonunni imzolagan.

Moliyalashtirish afg’on qochqinlari uchun 7 milliard dollar, jumladan, harbiy bazalardagi qochqinlar bilan shug’ullanuvchi Mudofaa vazirligiga qariyb 4 milliard dollar va qochqinlar uchun uy-joy va ingliz tili darslari tashkil qiladigan Sog’liqni saqlash vazirligiga qariyb 1 milliard dollar ajratadi.

Ushbu 7 milliard dollar sentabr oyida afg‘on qochqinlarini evakuatsiya qilish va qabul qilish uchun federal xarajatlar loyihasi doirasida tejalgan 6,3 milliard dollarga qo‘shimcha bo‘lib, jami 13,3 milliard dollarga yetdi.