AQSh politsiyasi Michigan shtatidagi maktabda otishma sodir etgan yosh yigitning ota-onasini qoʻlga oldi

AQSh politsiyasi AQShning Michigan shtatining Oksford shahridagi maktabda o‘t ochgan yigitning ota-onasi Jeyms va Jennifer Kramblini qoʻlga olganini ma’lum qildi.

Ota-ona Detroyt politsiyasi tomonidan ularning mashinasi Detroytdagi Bellevyu ko’chasining 1000-blokida ertalab soat 2 larda topilganidan keyin hibsga olingan.

AQSh bosh prokurori Kramblilarni maktabda 15 yoshli o’g’li Etan Kramblini beixtiyor odam o’ldirishda aybladi.

Davlat prokuraturasi shuni ko’rsatadiki, er-xotin qurol sotib olib, o’g’lining niyatidan xabar topgan bo’lsa ham, qurol o’g’lining qo’liga tushishiga to’sqinlik qilmagan.

Etan Krambli 4 kishini o’ldirdi va yana 7 kishini yaraladi, u terrorizm va qotillikda ayblanmoqda.