Bayden: Covid-19 bilan kurashish siyosiy bo’linishlarga sabab bo’lmasligi kerak

Korona pandemiyasining avj olishi va qishda “Omikron” mutantining tarqalishining oldini olish rejasini taqdim etar ekan, AQSh prezidenti Jo Bayden Covid-19 ga qarshi kurash mamlakatda siyosiy bo‘linishlarga sabab bo‘lmasligi kerak deb taʼkidladi.

Payshanba kuni o’z nutqida Bayden “Men Covid-19 mamlakatni ikkiga bo’lganini bilaman”, dedi.

Chorshanba kuni Qo’shma Shtatlar yangi “Omikron” mutantining birinchi yuqish holati aniqlanganini tasdiqladi, Oq uy esa barcha stsenariylarni hal qilish uchun choralar ko’rilganini e’lon qildi.

O‘z navbatida, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus “Omikron” paydo bo‘lishi fonida epidemiyalar va ularga qarshi kurashish tizimi bo‘yicha xalqaro kelishuv tuzish zarurligini ta’kidladi.