Bloomberg Navalniyni 2021-yilning “50 kishisi” ro`yxatiga kiritdi

Bloomberg rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyni Bloomberg 50 ro`yxatiga kiritdi. Ushbu ro`yxat agentlikning biznes, ko`ngilochar faoliyat, moliya, siyosat, fan va texnologiya sohalarida erishgan yutuqlari e’tirofga loyiq bo`lganlarning yillik so`rovnomasi hisoblanadi.

Navalniy Bloomberg ro`yxatiga “Kremlning ashaddiy tanqidchisi” sifatida kiritilgan. U chet elda zaharlanganidan keyin tuzalib ketgach 10 oydan ortiq muddat qamoqda o`tiribdi.

Bundan tashqari, Bloomberg 50 ro`yxatiga qo`shiqchi Britni Spirs (agentlik ta’biri bilan aytganda, “estradaning yangi ozod etilgan malikasi”) va janubiy koreyalik rejissyor Xvang Dong Xyuk (Kalmar o`yini seriali ortidagi “miya”) ham kiritilgan.

Aleksey Navalniy 2021-yil boshidan beri inson huquqlari bo`yicha bir qancha nufuzli mukofotlar bilan taqdirlandi. U inson huquqlari va demokratiya uchun Jeneva forumi mukofoti, Boris Nemsov jamg`armasi mukofoti va Polsha erkinlik ritsarlari mukofoti laureati bo`ldi.

Shuningdek, Aleksey Navalniy so`z erkinligini rivojlantirish va demokratiyani himoya qilishga qo`shgan hissasi uchun Germaniya mukofotiga ham loyiq topildi.