Donald Trampning kompaniyasi ijtimoiy tarmoq yaratish uchun 1 milliard dollar jamladi

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Truth Social ijtimoiy tarmog`ini ishlab chiqadigan Trump Media & Technology Group (TMTG) kompaniyasi investorlar guruhidan 1 milliard dollardan ortiq mablag` olganini aytdi. Investorlarning ismlari oshkor etilmadi.

“1 milliard dollar Big Tech uchun senzura va siyosiy diskriminatsiyaga barham berish kerakligi haqidagi muhim signaldir. Amerika siyosiy mafkura asosida kamsitmaydigan Truth Social platformasini ishlab chiqshga tayyor”, – dedi Donald Tramp.

TMTG pulni SPACga tegishli Digital World Acquisition kompaniyasi bilan birlashgandan so`ng oladi, bu orqali Tramp o`z media kompaniyasini birjaga olib kirish niyatida.