DXA ko‘magi bilan bir oilaning uchta muammosi yechim topdi

Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasiga Nurobodlik X.M.dan murojaat yo‘llangan. Mazkur masala boshqarma boshlig‘ining shaxsiy nazorati ostida batafsil o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha X.M. bugungacha turmush o‘rtog‘i bilan shar’iy nikoh asosida yashab kelgan. Shuningdek, u ikki nafar voyaga yetmagan farzandining tug‘ilganligini o‘z vaqtida qayd ettirmagan. Oqibatda, ularga otalik ham belgilanmay qolgan.

Boshqarma mutaxassislari tomonidan fuqaroga tegishli huquqiy maslahatlar berildi. Tuman FHDY bo‘limi yordami bilan uning ikki nafar farzandiga tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma olinib, bolalarning tug‘ilganligi qayd qilindi va tegishli guvohnomalar berildi.

Aytish joizki, mutaxassislar tomonidan berilgan huquqiy ko‘mak natijasida ayni kunda er-xotin tuman FHDY bo‘limiga rasmiy nikohdan o‘tish uchun ariza bergan. Bu esa oilaning hukumatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlardan foydalanishi uchun huquqiy asos bo‘ladi.

DXA Samarqand viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati