«Ekspo-2020» da yahudiy shamlari yoqildi

BAA bosh ravvini Levi Duxman Dubaydagi xalqaro «Ekspo-2020» ko`rgazmasida yahudiylarning diniy ramzlaridan biri-hanukani Isroil pavilonida yoqdi.

Marosimda qatnashganlar orasida Isroilning Dubaydagi bosh konsuli Ilan Shtulman va Isroil pavilonining bosh komissari Elazar Koen ham bor edi.

Sham yoqish marosimi doirasida yahudiy jamoasi bolalar horining chiqishi va yahudiy maktabi oquvchilari tomonidan tayyorlangan konsert ham namoyish qilindi. Hanuka shamlari shuningdek Bahreyn pavilonida ham yoqildi. Tantanali marosimda Bahreynning AQSH dagi sobiq elchisi Huda Nonu va BAA da yashovchi yahudiy jamoasi vakillari ham qatnashdi.

Hozirda BAA va Fors ko`rfazining boshqa davlatlarida minglab yahudiylar yashab kelmoqda. Amirlikda 2 ta sinagoga mavjud bo`lib, kelasi yili muzey va sinagogadan iborat yangi majmuaning ham ochilishi kutilmoqda.