Emlashga qarshi amerikalik missioner va jurnalist Covid-19 ta’siridan vafot etdi

Amerika OAVlari koronavirusga qarshi emlashga qarshiligi bilan tanilgan yevangelist jurnalist va missioner Markus Lamb virus ta’siridan vafot etganini xabar qildi.

Lamb asoschisi va bosh direktori bo’lgan Daystar Television Network uning vafot etganini e’lon qildi.

CBS xabariga ko’ra, 64 yoshli Lamb ikki hafta oldin koronavirus yuqtirgan va bu pnevmoniyaga olib kelgan. Missioner surunkali kasalliklardan, jumladan qandli diabetdan ham aziyat chekkan.

Ma`lum qilinishicha, Daystar TV tarmog’i koronavirus epidemiyasi haqida ishonchsiz ma`lumotlarni tarqatish platformasiga aylangan. Kanal emlash va karantin choralariga qarshi bo’lganlar va turli xil fitna nazariyalari tarafdorlari uchun keng joy ajratdi.

Kompaniya shifokorlar tomonidan tasdiqlanmagan dori-darmonlar va koronavirusni davolash usullarini targ’ib qilgan.