Facebook va Instagram’dagi yuzlab sahifalar bloklandi

“Meta” (sobiq Facebook) kompaniyasi Xitoy, Belarus va “Hamas” harakati bilan bog’liq deb hisoblangan “Facebook” va “Instagram” ijtimoiy tarmoqlaridagi yuzlab sahifalarni bloklaganini e’lon qildi.

Kompaniya o’tgan oy davomida o’z platformalarida soxta, muvofiqlashtirilgan faoliyatlarni aniqlaganini aytdi. U G‘azo sektoridan ishlatilgan va “Hamas” harakati bilan bog‘liq 141 ta shaxsiy akkaunt, 79 ta ochiq sahifa, “Facebook”dagi 13 ta guruh va “Instagram”dagi 21 ta akkauntni bloklagan.

“Meta” Xitoyda ishlatilgan 524 ta akkaunt, 20 ta ochiq sahifa, “Facebook”dagi 4 ta guruh va “Instagram”dagi 86 ta akkauntni oʻchirib tashlagan.

Shuningdek, 41 sahifa, Facebook’dagi 5 ta guruh va Instagram’dagi 4 ta akkaunt ham Belarus xavfsizlik xizmatlariga aloqador deb hisoblangan akkauntlar bloklangan.