Isroil Misrga og`irlangan tarixiy boyliklarni qaytaradi

ynet.co.il nashrining xabar berishicha, Isroil Tashqi ishlar vaziri Yair Lapid 9-dekabr kuni Misr Tashqi ishlar vaziri Samih Shukriyning taklifi bilan Qohiraga boradi.

Vazirning prezident Abdulfattoh al-Sisiy bilan ham uchrashish ehtimoli mavjud, ammo Misr hukumati bu borada hanuz o`z qarorini bildirmagan.

Yair Lapidning Misrga Isroillik antikvarlar tomonidan og`irlangan qadimgi fir’avnlar paytiga oid tarixiy buyumlarni olib kelishi va ularni o`z vataniga qaytarishi kutilmoqda.

O`tgan yillar davomida Misr Isroildan mamlakatdan og`irlab ketilgan tarixiy ashyolarni qaytarishni bir necha bora so`ragan va 2016-yilning may oyida antikvar buyumlar og`rilari tomonidan olib chiqib ketilgan ba’zi eksponatlar qaytarilgan edi. Mazkur buyumlar orasida ikki dona tobut-sarkofaglar ham bo`lib, ular bundan 4 yil avval Isroil rasmiylari tomonidan Quddusning eski qismidagi bozorda qo`lga olingan edi.