Madaniy meros obyektlari muhofazasini targ’ib qilishga qaratilgan eng yaxshi qisqa videorolik tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi  ko’magida  Madaniy meros agentligi va “Milliy PR-markazi” tomonidan mamlakatimizda moddiy madaniy meros obyektlari salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar ko‘rik-tanlovi eʼlon qilindi!
Mazkur loyiha Prezidentimizning 2021 yil 9 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6165-sonli Farmoniga muvofiq  tashkil etildi.
Tanlovda 16 yoshga to‘lgan barcha  ijodkorlar ishtirok  etib, 2021 yilda tayyorlangan materiallarini taqdim qilishlari mumkin. 
Ko’rik-tanlovda yakka tartibda yoki jamoa sifatida qatnashish imkoni mavjud bo’lib, unda yurtimizning diqqatga sazovor tarixiy qadamjolari, muzeylarining salohiyati ochib berishga qaratilgan videoroliklar saralanadi.
Tanlovning maqsadi mamlakat madaniy meros obyektlari, muzeylari salohiyatini keng targ‘ib qilish, ularni saqlash va muhofaza qilishda jamoatchilik ishtirokini yanada oshirishdan iborat. 
Shuningdek, ushbu yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, boy madaniy merosimiz to‘g‘risida xalqimiz hamda xorijliklarni xabardor etishga qaratilgan. 
Madaniy meros agentligi va “Milliy PR-markazi” tomonidan Mamlakatimizda madaniy meros obyektlari salohiyatini keng targ‘ib qilish va yoritib berishga qaratilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar ko‘rik-tanlovi quyidagi mezonlar asosida o‘tkaziladi:
– rolikning O‘zbekiston, shuningdek, dunyoning boshqa mamlakatlari aholisi uchun tushunarli va jozibadorligi;
– o‘ziga xoslik;
-rolikning madaniy meros obyekti joylashgan hududning omillari (tarixiy, madaniy, tabiiy va boshqalar) bilan uyg‘unligi;
-rolikda madaniy meros obyekti jozibadorligini to‘liq ochib berishi.
Tanlovga taqdim etiladigan videorolikka qo‘yiladigan talablar:
formati – AVI, MPEG-4, MP4, MOV;
o‘lchami – 720r (1280×720)
davomiyligi– 1,5-3 daqiqagacha;
Videorolik oxirida muallifning F.I.Sh, tashkilot nomi, videomaterial nomi ko‘rsatilishi kerak.
Materiallar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
– mavzuga mosligi, videorolik tanlov mavzusiga hamda tanlov oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos kelishi;
– g‘oyaning yangiligi.
Videorolik mavzusi va g‘oyasi boshqa videoroliklarda takrorlamasligi kerak.
Qisqa metrajli videoroliklar tanloviga ariza topshirish 2021-yilning 
26-dekabr kuni soat 24.00 ga qadar qabul qilinadi va saralanadi.
Saralangan videoroliklar 2021-yilning 27-dekabridan 29 – dekabr kuniga qadar ovoz yig’ish uchun Turizm va sport vazirligi hamda Madaniy meros agentligining veb sahifalari va ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirilib, ovozga qo‘yiladi. 
Ovoz berish 29-dekabr soat 00:00ga qadar davom etadi. Eng ko‘p ko‘rilgan va “layk” yig’gan videoroliklar g‘olib deb topiladi.
G‘olib bo’lgan tanlov ishtirokchilari I, II, III darajali diplomlar hamda quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
1-o‘ringa – notebook;
2-o‘ringa – planshet;
3-o‘ringa – smartfon.
  Tanlov ishtirokchilari tomonidan o‘z videorolik va arizalarini elektron pochta orqali  info@motas.uz ga yuboriladi. Mavzu qismida “Mamlakatimizning moddiy madaniy meros obyektlari salohiyatini keng targ‘ib qilish va yoritib berishga qaratilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar ko‘rik-tanlovi”ga ko‘rsatilishi shart. Arizada muallifning ismi, familiyasi, otasining ismi va bog’lanish kontaktlari aniq ko‘rsatilishi shart.