Meta onlayn shantajga qarshi kurashmoqchi

Meta StopNCII.org platformasini ishga tushirdi. Yangi loyiha butun dunyo bo`ylab 50 dan ortiq nodavlat tashkilotlar tomonidan qo`llab-quvvatlandi. Bu haqida kompaniya saytida xabar berildi.

NCII qisqartmasi “Internetda intim tasvirlarni roziliksiz almashish”ni anglatadi. Meta bunday fotosuratlarni nashr qilish inson hayotini yer bilan yakson qilishi mumkin deb hisoblaydi.

Kompaniya fotosuratlari yoki videolari Facebook va Instagramda e’lon qilingan yoki e’lon qilinishi mumkin bo`lgan foydalanuvchilarni tizim tezda aniqlay oladigan fayllarni tanlab, belgilab berishga taklif qildi. Fayllarga maxsus raqamli iz biriktiriladi. U ijtimoiy tarmoq bazasiga joylashtiriladi.

Metaning ta’kidlashicha, asl surat foydalanuvchi qurilmasida qoladi va hech qayerga yuklanmaydi va uzatilmaydi. Kimdir raqamli iz biriktirilgan suratni internetga joylashtirmoqchi bo`lsa, tizim bunga yo`l qo`ymaydi.

Fotosuratlarni faqat 18 yoshdan oshgan shaxslar yuklashlari mumkin.