Nuland: Biz Putin Sovet Ittifoqini tiklashga qaror qilishidan xavotirdamiz

AQSh Davlat kotibi yordamchisi Viktoriya Nuland Qo’shma Shtatlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sovet Ittifoqini qayta tiklash orqali tarixga kirishidan xavotirlanishini bildirdi.

Nuland Rossiyani Ukrainaga bostirib kirish rejalarini amalga oshirmaslik haqida ogohlantirib, 2014-yilga nisbatan zamonaviy Ukraina armiyasi bilan qarama-qarshilik ko’p qon talab qilishini ta’kidladi.

“Hech birimiz urushga borishni istamasligimiz uchun ko’p sabablar bor, – dedi u. – Urush Ukraina uchun juda qonli va og’ir bo’ladi, lekin Rossiya uchun ham juda qonli va qiyin bo’ladi”.

“Rossiya ancha katta, uning qo‘shinlari ancha katta, lekin Ukraina hozir 2014-yildagiga qaraganda yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rdi. Bundan tashqari, ko‘plab ukrainaliklar armiyada xizmat qilib, fuqarolik hayotiga qaytishdi”, – deya qo‘shimcha qildi u.

“Rossiya oʻz qoʻshinlarini oʻz hududi ichida va oʻz xohishiga koʻra harakatlantirmoqda va bu hech kimga tahdid solmaydi va hech kimni xavotirga solmasligi kerak”, — dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.