O`smirlarimiz dzyudo bo`yicha Osiyo chempionatini birinchi o`rinda yakunlashdi

Livan poytaxti Bayrut shahrida dzyudo bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati o`tkazilmoqda. Ayni paytga kelib, o`smirlar toifasidagi bahslar yakunlandi.

Ikki kunlik bahslar yakuniga ko`ra O`zbekiston 9 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida katta farq bilan birinchi o`rinni egalladi.

Qozog`iston terma jamoasi 3 ta oltin, 8 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o`rinni egallagan bo`lsa, Janubiy Koreya 3 ta oltin, 1 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasadi. Mo`g`uliston, Hindiston, Tojikiston, Qirg`iziston, Livan va Suriya terma jamoalari hisobida kamida bitta bronza medali bo`ldi. 

Bugun yoshlar o`rtasidagi bellashuvlar bo`lib o`tadi. O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi yoshlarimizga ham o`smirlar terma jamoasi kabi muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qoladi.