O`tgan asr texnikasi: C-450 Coleoptere – vertikal uchadigan samolyot

O`tgan asrning 50-yillarida Fransiyaning SNECMA kompaniyasi vertikal ravishda uchuvchi samolyot ishlab chiqdi.

Kompaniya o`z oldiga qo`ygan maqsad, uchish-qo`nish yo`lagiga muhtoj bo`lmagan holda parvoz qila oladigan reaktiv samolyot yaratish bo`lgan. Bundan tashqari, halqasimon qanot samolyotning o`lchamlarini 3,2 metrgacha qisqartirishga imkon bergan.

C-450 Coleoptere istiqbolli model bo`lishiga va innovatsion dizaynga ega bo`lishiga qaramay (samolyotda aylanuvchi kabina o`rnatilgan), loyiha transport vositasi halokatga uchraganidan keyin bekor qilingan.