“Sen kabilarni kechirib bo`lmaydi”

Afg`onistonda Tolibonning dastlabki 100 kundan ortiq hukmronligi davrida 100 nafardan ortiq sobiq politsiya va harbiylar o`ldirildi yoki bedarak yo`qoldi.

Tegishli hisobot Human Rights Watch huquq himoyachilari tomonidan e`lon qilingan. Tashkilot xodimlari Tolibon tomonidan e’lon qilingan amnistiya haqiqatda qanday ishlashini tekshirgan. Ushbu amnistiya, Tolibon qo`mondonlaridan biri sobiq xavfsizlik xodimiga aytganidek, “Sen kabilarni kechirib bo`lmaydi” qabilida yo`lga qo`yilgan.

Tolibon tomonidan ilgari ularga taslim bo`lgan sobiq harbiylar, politsiyachilar, maxsus xizmat xodimlari va jangarilarni o`ldirganlik hamda o`g`irlaganlik bo`yicha 47 ta holat ma’lum. Shu bilan birga, tashkilot 3 oy ichida faqat G`azni, G`ilmond, Qandahor va Qunduz viloyatlarida toliblar tomonidan sodir etilgan 100 dan ortiq qotillik haqida ishonchli ma’lumotlar olgan.

Amnistiyaga ega chiqish uchun barcha sobiq xavfsizlik xodimlari “hayot kafolati” bayon etilgan shaxsiy xat olish maqsadida ro`yxatdan o`tishlari kerakligi ma’lum bo`ldi. Ko`pchilik xodimlar tunda uylaridan olib ketilgan, ularning taqdiri haqida xabar berilmagan.