SSV: O‘zbekistonga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 43 million dozadan oshdi

Sog`liqni saqkash vazirligining xabar berishicha, 6-dekabr kuni yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining 301 860 dozalik partiyasi olib kelindi.

Shunday qilib, yurtimizda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 43 107 478 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:2 254 480 dozasi AstraZeneca;

32 431 838 dozasi ZF-UZ-VAC2001;

1 128 500 dozasi “Sputnik V”;

3 000 060 dozasi Moderna;

2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;

1 976 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.

Shundan 34 874 583 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.