SSV: Yangi yil bayramini oila davrasida nishonlash tavsiya etildi

Sog`liqni saqlash vazirligining rasmiy saytida aytilishicha, Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartiblar belgilandi.

 Unga ko‘ra, aholi salomatligini taʼminlash hamda mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida fuqarolarga yangi 2022 yil bayrami tadbirlarini imkon qadar oila davrasida o‘tkazish tavsiya etildi.